2026- yil yanvar-fevral oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 257,2 mln AQSH dollariga yetdi va 2025- yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 23,6 mln AQSH dollariga yoki 10,1 % ga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 64,5 mln AQSH dollarini tashkil etib 2025-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 33,0 % ga ko‘paydi.
2026-yil yanvar-fevral oyida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz:
Afg‘oniston (41,2 %);
Rossiya (31,2 %);
Tojikiston (5,7 %);
Qozog‘iston (4,0 %);
Qirg‘iz Respublikasi (2,8 %);
Germaniya (2,1 %);
Turkmaniston (1,8 %);
AQSH (1,4 %);
Polsha (1,3 %)
XXR (1,2 %) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 92,7 % ni tashkil etdi.



