07/04/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2025-yil yanvar-dekabr oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 591,1 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich 1991-yilga nisbatan 14,2 barobarga oshgan.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar dinamikasi (yillar kesimida):

1991-yil — 11,6 mlrd rubl;

1995-yil — 88,9 mlrd so‘m;

2000-yil — 744,5 mlrd so‘m;

2005-yil — 3 165,2 mlrd so‘m;

2010-yil — 16 463,7 mlrd so‘m;

2015-yil — 44 810,4 mlrd so‘m;

2020-yil — 210 195,1 mlrd so‘m;

2021-yil — 239 552,6 mlrd so‘m;

2022-yil — 266 240,0 mlrd so‘m;

2023-yil — 356 071,4 mlrd so‘m;

2024-yil — 507 490,2 mlrd so‘m;

2025-yil — 591 141 mlrd so‘m (dastlabki ma’lumot).

Tugmani bosing Tinglash GSpeech