2026-yil 1-fevral holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 199 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 28 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 171 tani tashkil qildi. Viloyat bo‘yicha 2026-yilning yanvar oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 396,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 23,1 % ga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 742,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 3,1 % ga pasaydi. Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 53,1 % ni tashkil qildi.




