29/04/2026

Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan):

doimiy aholi soni — 38 382 685 kishi (1-aprel holatiga)

isteʼmol narxlari indeksi — 101,9 % (oʻtgan yilning dekabr oyiga nisbatan)

yalpi ichki mahsulot hajmi 8,7 % ga oʻsdi

sanoat ishlab chiqarish hajmi 8 % ga oʻsdi

qurilish ishlari hajmi 15,5 % ga oʻsdi

chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 25,4 % ga oʻsdi

bozor xizmatlari hajmi 16,1 % ga oʻsdi

tashqi savdo aylanmasi hajmi 2,7 % ga oʻsdi

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 5,1 % ga oʻsdi

aholining real umumiy daromadlari 7,8 % ga oʻsdi

2026-yil 1-aprel holatiga 487 098 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tashqari)

Tugmani bosing Tinglash GSpeech