29/04/2026

Joriy yilning 29-aprel sanasida Buxoro viloyati statistika boshqarmasida boshqarma rahbariyati tomonidan tuman va shahar bo'limlari, shuningdek, viloyat boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida yillik hisobotlar qamrovi masalasida yig'ilish tashkil qilindi. Yig'ilish davomida hududlarning hisobotlar qamrovi masalasidagi faoliyati tahlil qilinib, kamchilik va xatolarga yo'l qo'ygan va qamrovni o'z vaqtida yakunlamagan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

 Yig'ilish yakunida xodimlar jarayonlarni yanada mukammal tashkil qilish borasida fikr almashishdi va kelgusidagi faoliyat bo'yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech