30/04/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida jami 15 124 nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,5 ming nafarga yoki 2,3 barobarga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Turkmaniston — 7 174 nafar;

Hindiston — 2 835 nafar;

Tojikiston — 1 170 nafar;

Xitoy — 641 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 483 nafar;

Pokiston — 438 nafar;

Misr — 353 nafar;

Janubiy Koreya — 342 nafar;

Filippin — 286 nafar;

AQSH — 191 nafar;

Boshqa davlatlar — 1 211 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech