Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, viloyatimizda doimiy aholi soni 2026-yil 1-aprel holatiga koʻra 2 112,2 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 29,4 ming kishiga yoki 1,4 foizga koʻpaydi. Doimiy yashash hududi boʻyicha shahar joylarda 775,9 ming kishi (jami aholi soniga nisbatan 36,7%), qishloq joylarda esa 1 336,3 ming kishi (63,3%) istiqomat qilmoqda. Ayollar soni 1 053,1 ming kishini (49,9%), erkaklar esa 1 059,1 ming kishini (50,1%) tashkil etmoqda.
Hududlar bo'yicha doimiy aholi soni:
Buxoro shahri 305,5 ming kishi;
Kogon shahri 66,3 ming kishi;
Olot 107,6 ming kishi;
Buxoro 185,7 ming kishi;
Vobkent 154,7 ming kishi;
Gʻijduvon 332,9 ming kishi;
Kogon 88,3 ming kishi;
Qorakoʻl 176,7 ming kishi;
Qorovulbozor 20,7 ming kishi;
Peshku 136,1 ming kishi;
Romitan 155,6 ming kishi;
Jondor 192,3 ming kishi;
Shofirkon 189,8 ming kishi.




