So'nggi yangiliklar

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda parrandalarning umumiy soni 32 million boshga yetgan.

2024- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra Buxoro shahrida 783 ta sanoat korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan,  2024-yil yanvar-sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 92,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 64 553 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

Buxoro viloyati bo'yicha 2024- yilning 1- oktabr holatiga sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  93 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, respublika boʻyicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 83,2 kishini tashkil etmoqda.

Bugun, 30- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda 2026- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda mavjud otlar soni 17,2 ming boshni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, Statistika agentligi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy kompetensiyasi va savodxonligini uzluksiz oshirib borishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida “Statistika taʼlim platformasi” (talim.stat.uz) korporativ axborot tizimi ishga tushirildi.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 23 706,0 ming so‘mni tashkil etdi.

2024– yilning yanvar – sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 28 908,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 80,4 trln soʻm qurilish ishlari bajargan.

2024- yil 1- oktabr holatida ko'ra doimiy aholisi soni eng ko‘p Buxoro shahrida 299,0 ming kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 29- oktabr kuni “Zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish” boʻyicha Singapur davlatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalari haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi aholi ulushi 92,7 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda joriy yilning 1- oktabr holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 113 667 ta.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 327,5 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.