So'nggi yangiliklar

Bugun, 29- oktabr kuni Statistika agentligida 2024- yilning III choragi yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, markaziy apparat boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etishdi.

Joriy yilning 28- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024 - yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda o'rtacha oylik ish haqi 4 199,3 ming so'mni tashkil qildi.

2024- yil 1- oktabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 29 917 tani tashkil etdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 26 307 tani tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 5 882,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri geografik xususiyatlarning keng qamrovli tasniflanishi mumkin bo‘lgan darajadir.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida mobil/uyali telefondan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar ulushi 99,2 % ni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 53 569 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 22 324 tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 28- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 40,8 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

Buxoro viloyatida 2024- yil 1- oktabr holatiga doimiy aholi soni 2068,4 ming kishini tashkil etib, yil boshigan 24,4 ming kishiga yoki 1,2 % ga ko‘paydi.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Buxoro shahri 30,3 % bilan 4 351,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 710,5 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushlarini Qorovulbozor 45,1 % ulush bilan 435,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yil yanvar- sentabr oylarida mobil/uyali telefonlardan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 99,3 % ni tashkil etgan.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 721,4 mlrd so;mni tashkil etdi.