So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 17- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 55,8 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35,6 % ini tashkil etgan.

2024- yil yanvar – avgust oylarida 14,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 64,2 % ga yoki 26,1 ming tonnaga kamaydi.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda jami (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni 4 250 tani tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni o‘rtacha 53 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 16-oktabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 44,6 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yil 1- oktabr holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 721 365 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 11-oktabr kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida boshqarma boʻlim boshliqlari hamda  xodimlari ishtirokida huquqiy targʻibot yigʻilishi o'tkazildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 55,9 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 134,1 tonna vafli va vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 16-oktabr kuni Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuter soni o‘rtacha 69 tani tashkil etdi.  

2024- yil yanvar-avgust oylarida viloyatimizda 3 844 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 920 180 ming dona tuxum yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34,2 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) 26 475 ta bo'lib, shundan xususiy korxonalar soni 2 493 tani (9,4 foiz) tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami fuqarolik obyektlarini qurish boʻyicha qurilish ishlari 21,1 % ulushni tashkil etgan.