So'nggi yangiliklar

2024- yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol o‘rta tibbiyot xodimlari soni 353 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 103 691 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 526,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi norasmiy iqtisodiyotida 323 290,9 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Respublikada 2024- yilning 1- avgust holatiga 43 293 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

2024- yil yanvar-iyun oylarida faoliyat ko'rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 548,7 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 240,4 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 2024- yilning 1- iyul holatida Qorako'l tumanining doimiy aholi soni 172 800 kishini tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 10,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 24,3 ming tonna qovun eksport qilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 892 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan.

Buxoro shahrida yanvar-iyul oylarida transport xizmatlari hajmi 606,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 32,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46,9 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 123 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga ketgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 126,8  trln soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning 1- yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 205 308,1 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 10 198 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 18 421,0 mlrd. so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 94,0 % ni tashkil etdi.