So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 349 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 435 tasi qoʻshma va 9 914 tasi xorijiy korxonalardir.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024- yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) jami 2 158 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu o'tgan yilning mos davriga qaraganda 474 taga kam.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024- yil yanvar-may oylarida viloyatimizda jami (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 158 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 812,4 ming soʻmga yetdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni oʻrtacha 69 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2 326,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 21 156 tonna sabzavot yetishtirilgan.

2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, jami roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan) 937 687 tani tashkil etgan.

Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri geografik xususiyatlarning keng qamrovli tasniflanishi mumkin bo‘lgan darajadir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 100,2 mln l tabiiy mineral gazli suvlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 34 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 34,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-may oyiga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 48 543,8 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7,1 % ga oshgan.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yil yanvar-may oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) 2158 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro viloyati bo'yicha 2024-yilning 1-iyun holatiga sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  50 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Buxoro viloyatida 2024-yil yanvar-mart oylarida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larning hajmi 4.2 trl.so'mni tashkil etib 2023-yilning mos davriga nisbatan 103.3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.