So'nggi yangiliklar

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 119 tani tashkil etdi.

Dunyodagi har bir mamlakat, o‘zining aholisi va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida ma’lum bir belgilangan davrlarda aholisini ro‘yxatga olib boradi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 6 580,6 ming soʻmni (yoki 527,5 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1- iyun holatiga, 399 199 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 130 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.

2024-yil 1-aprel holatiga jami ro'xatdan o'tgan korxonalar soni( Dehqon vafermer xo'jaliklarisiz) 2856 tani tashkil etib, ulardan 2371 tasi yoki umumiy ro'xatdan o'tgan korxonalarning 86.5 foizi faoliyat ko'rsatmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni taʻmirlash tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 16 463,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-aprel oylarida 4,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davriga nisbatan 84,6 % ga yoki 26,4 ming tonnaga kamaydi.

Buxoro viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yil yanvar-aprel oylarida 190,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar umumiy hajmida shifoxona muassasalari xizmatlarining hissasi salmoqli bo‘lib, 2024- yil yanvar-aprel oylaridagi ulushi 45,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 79,5 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 20,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida tirik tugʻilganlar soni 347,4 ming nafarni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 57 tani tashkil etdi.

2024-yil 1-iyun holatiga ko'ra korxona va tashkilotlar statistikasi haqida.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud sigirlar soni 4 442,3 ming boshni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga, chet el investitsiyasi ishtrokida 14 478 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 1 158,8 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 19 455,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.