So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 66,6 ming tonna mazut ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 9–13-dekabr kunlari Tailandning Bankok shahrida boʻlib oʻtayotgan BMT Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 9-sessiyasi va Osiyo-Tinch okeani Statistika instituti Boshqaruv kengashining 20-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda.  

2024- yil yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 17 188,5 ming so‘mni tashkil qildi.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 219 351 tonna go‘sht yetishtirildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatida jami  567 981 tonna don yetishtirildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 848,0 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

2024- yil 1- oktabr holatiga ko'ra Peshku tumanidagi korxona va tashkilotlar soni 2 365 tani tashkil qildi.

Joriy yilning 10-dekabr kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.