So'nggi yangiliklar

2024- yil yanvar-sentabr oylarida savdo sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlashda - 6 740,1 ming so‘m kuzatildi.

Joriy yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024– yilning yanvar–sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 13 341,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Buxoro viloyatida 2024- yil 1- oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 51,4 kishi to‘g‘ri kelgan.

Buxoro viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-oktabr oylarida 502,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 68,4 foizni tashkil qildi.

Joriy yilning 28- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.