25/04/2024

Aholini ro‘yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Aholi hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi uch ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Aholini ro‘yxatga olishdan maqsad soliq to‘lovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro‘yxatlarida asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan, soliq to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan. Ilk o‘rta asrlarda mazkur tartibot birmuncha takomillashgan. Aholini hisobga olish elementlari xo‘jaliklarning yozma kitoblar, kadastrlardagi tavsiflari bilan uyg‘unlashgan. Ularda odamlar yoki oilalar emas, balki uy-joy kabi soliqqa tortish birliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgan.

 

Peshku tuman statistika bo`limi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech