12/08/2026

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2026 yil yanvar–iyun oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 338,9 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan. Bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi:

ishlab chiqarish sanoati — 100,5 trln soʻm;

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi — 32,9 trln soʻm;

qurilish — 32,5 trln soʻm;

elektr energiyasi, gaz, bugʻ va konditsiyalangan havo — 29,9 trln soʻm;

turar joy qurilishiga investitsiyalar — 27,3 trln soʻm;

togʻ-kon sanoati — 21,8 trln soʻm;

tashish va saqlash — 16,3 trln soʻm;

ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlash — 13,7 trln soʻm;

suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yigʻish va qayta foydalanish — 7,4 trln soʻm;

taʼlim — 7,2 trln soʻm;

axborot va aloqa — 5,8 trln soʻm;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar — 5,6 trln soʻm;

kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat — 4,6 trln soʻm;

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 4,6 trln soʻm;

moliya va sugʻurta faoliyati — 2,4 trln soʻm;

sanʼat, koʻngil ochish va dam olish — 2,0 trln soʻm;

boshqa faoliyat turlari — 24,4 trln soʻm.
Tugmani bosing Tinglash GSpeech