Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 277,3 mln dona tuxum olingan. Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 % ni tashkil qildi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz olingan tuxumning 19,7 % i fermer xo‘jaliklariga, 47,6 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 32,7 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keldi.




