29/10/2025

Joriy yilning 28-oktabr sanasida Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanidagi olis hudud sifatida ro’yxatga olinishi belgilangan “Og’itma” ovulida ro’yxatga olish jarayonlari tashkil etildi. Ro’yxatga olish jarayonlari davomida viloyat Statistika boshqarmasi xodimlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda O’zbekiston Milliy statistika qo’mitasi mas’ul xodimi bevosita ishtirok etishdi va jarayonlarni yuqori va muvaffaqiyatli tashkil qilishda o’z hissalarini qo’shishdi. Aholi bilan muloqot jarayonlarida har bir ro’yxatga olinuvchilarga tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad va ushbu jarayonlarning strategik rejalarga nisbatan ahamiyati haqida tushunchalar berib o’tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech