07/11/2025

Joriy yilning 7-noyabr sanasida Olot tumani hokimligi binosida "Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish" bo‘yicha kengaytirilgan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Axror Yangiyev, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, shuningdek, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Seminar davomida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari ham tashkil etildi. Mutasaddilar tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ma’lumotlarni to‘plash, qayd etish va axborot tizimiga kiritish tartiblari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech