Joriy yilning 22-iyul kuni Buxoro tuman hokimligida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Djumanazarov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillari tomonidan davlat statistikasi, statistik hisobotlarni taqdim etish, statistik ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.



Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar yuklatildi. Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda statistik xizmatlar sifati va ochiqligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.







