27/11/2025

2025- yil 1- noyabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 13 098 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 66 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 13 032 tani tashkil qildi. 2025- yilning yanvar-oktabr oyida viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 19 231,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-oktabr oyiga nisbatan 107,5 % ga yetdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech