27/11/2025

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173 son farmonining 8-bandiga asosan (o'z tizimingizda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni) 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar census.stat.uz portalida ro'yxatdan o'tishini tashkil etishda ishtirok etadigan xodimlar uchun Vobkent tuman hokimligi binosida o'quv seminar tashkil qilindi. Seminarda Vobkent tuman hokimligi , maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, obodonlashtirish boshqarmasi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Jarayon davomida ishtirokchilarga Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi vakillari tomonidan jarayonning mohiyati, planshet qurilmalaridan platformaga kirish, shakllarni to‘ldirish tartiblari tushuntirilib zarur ma'lumotlar yetkaziladi. Seminar yakunida ishtirokchilar savollarga javob berildi va dolzarb takliflar muhokama uchun qabul qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech