06/02/2026

2025- yilning yanvar-dekabr oylarida, Buxoro viloyatida jami 19 168,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 111,3 % ni tashkil etdi. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida Buxoro viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 67,2 % ulushni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 108,9 % ni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 25,5 % ulushni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 117,5 % ni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 7,3 % ulushni va 2024- yilning mos davriga nisbatan 113,2 % ni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech