16/02/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 27- fevraldagi PQ-78-son “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida xizmatlar sohasini rivojlantirish va uning monitoringini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli parametrlari belgilangan.

 Koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmi oʻsishiga

savdo xizmatlari (+14,8 %; oʻsishiga taʼsiri 3,2 foiz band hissa qoʻshdi)

transport xizmatlari (+17,6 %; 3,2 foiz band hissa qoʻshdi)

moliyaviy xizmatlar (+17,0 %; 2,1 foiz band hissa qoʻshdi)

yashash va ovqatlanish xizmatlari (+7,1 %; 1,9 foiz band hissa qoʻshdi)

boshqa xizmatlar (+18,3 %; 0,7 foiz band hissa qoʻshdi)

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (+19,3 %; 0,6 foiz band hissa qoʻshdi)

 ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (+29,8 %; 0,5 foiz band hissa qoʻshdi)

 ta’lim sohasidagi xizmatlar (+8,2 %; 0,4 foiz band hissa qoʻshdi)

oʻsishi asosiy omil boʻlib xizmat qildi. Shaxsiy xizmatlar (+17,9 %), kompyuter va maishiy texnikani taʼmirlash (+15,9 %) xizmatlari hajmining 0,3 foiz bandga oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech