2026-yil 1-fevral holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 540 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 6 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 534 tani tashkil qildi.
2026-yilning yanvar oyida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 767,7 mlrd so‘mga yetdi. 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,6 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 88,8 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.



