Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026- yil 1-may holatida viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 29,9 mingtani tashkil etib, shundan 26,0 mingtasi yoki 87,0 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir.
2025 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 110,2 foizni tashkil etdi.




