Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026- yil yanvar-aprel oylarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16 097,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yil yanvar-aprel oylari bilan solishtirganda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining real o‘sishi 14,5 %ni tashkil etdi.
Tuman va shaharlar kesimida xizmatlar sohasining asosiy ko'rsatkichlari quyidagicha:
Olot 333,9 mlrd so‘m;
Buxoro 526,5 mlrd so‘m;
Vobkent 863,8 mlrd so‘m;
Gʻijduvon 1 120,8 mlrd so‘m;
Kogon 323,1 mlrd so‘m;
Qorakoʻl 436,3 mlrd so‘m;
Qorovulbozor 246,3 mlrd so‘m;
Peshku 492,3 mlrd so‘m;
Romitan 538,2 mlrd so‘m;
Jondor 544,0 mlrd so‘m;
Shofirkon 420,0 mlrd so‘m;
Buxoro shahri 4 664,8 mlrd so‘m;
Kogon shahri 373,3 mlrd so‘m.




