10/06/2026

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026- yilning yanvar-aprel oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 494,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur soha tarkibida telekommunikatsiya xizmatlari eng katta ulushga ega bo‘lib, 72,9 % ni qayd etdi.

 Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida kompyuter dasturlashtirish xizmatlari ulushi 18,9 % ni, axborot xizmatlari 5,0 % ni, nashriyot xizmatlari 2,5 % ni hamda boshqa xizmatlar 0,7 % ni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech