Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoada jismoniy faollikni oshirish hamda xodimlar o‘rtasida sport madaniyatini rivojlantirish maqsadida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Sport kuni" tadbiri doirasida sport musobaqalari va uchrashuvlari doimiy o'tkazib borilmoqda.
Mazkur tashabbus jamoaning birlashuvi, sog‘lomlik sari intilish va yangi energiya manbai bo'lib xizmat qilmoqda. Sport bilan muntazam shug‘ullanish natijasida xodimlarning nafaqat jismoniy holati, balki ruhiy barqarorligi, ish unumdorligi va kayfiyati ham sezilarli darajada yaxshilanmoqda. Bugun boshqarma jamoasida sog‘lom raqobat, ijobiy muhit va o‘zaro hurmat tamoyillari yanada mustahkamlanib bormoqda.



