Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, viloyatimizda 2026-yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan tirik tugʻilganlar soni 17,5 ming kishini tashkil etdi. Shundan oʻgʻil bolalar soni 9,1 ming kishini (jami tugʻilganlar soniga nisbatan 52,0%), qiz bolalar soni 8,4 ming kishini (48,0%) tashkil etdi. Tug'ilish hududlari tahlil qilinganda shahar joylarida 6,0 ming kishi (34,3%), qishloq joylarida 11,5 ming kishi (65,7%) qayd etilganini kuzatishimiz mumkin.
Tugʻilganlar soni joriy yilning yanvar-iyun oylarida 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga kamaygan.




