06/12/2022

Bugun, 6 dekabr kuni Buxoro viloyati hokimligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Yangi O’zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizga Prezidentimizning Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O’zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bo`lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov yig‘ilganlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Bu aziz va muqaddas Vatanda mehnat qilgan, Yangi O’zbekistonda Uchinchi renesansni yaratish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib ilg‘or natijalarga erishgan har bir fuqaroning el-yurt oldidagi xizmatlari doimo qadrlanib kelingan.

 

Shu bois davlatimiz rahbarining joriy yil 8 noyabrdagi Farmoniga asosan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O’zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandilar.

Jumladan, Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U. O. Djumanazarov va xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i S. Q. Djabborova mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Tadbirda “O’zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimlari shahar va tumanlarda, mehnat jamoalarida davom etmoqda.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech