08/05/2025

     2025- yil 8- may kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida "Xotira va Qadrlash kuni" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, hozirda faoliyat yuritayotgan xodimlar, shuningdek, boshqarmada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar va nafaqadagi sobiq xodimlar ishtirok etdilar.     Tadbirni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U. Djumanazarov ochib berdi. U o‘z so‘zida ushbu sana xalqimiz tarixida chuqur ma’no va ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, faxriylar xotirasi va mehnatini qadrlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tilaklar bildirdi.

     Shuningdek, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari K. Kamolov ham tadbirda so‘zga chiqib, sobiq xodimlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. U ularning tashkilot rivojiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etdi.     Shuningdek, faxriylar va keksalar uchun to‘kin dasturxon yozilib, ularning hurmatiga bayramona suhbat va iliq muhit tashkil etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech