2025-yilning yanvar-aprel oyida viloyat importi tarkibida sanoat mahsulotlari (tovarlari) hajmi 39,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 22,3 mln dollarga yoki 132,3 % ga koʻpaydi.
Importning umumiy hajmida sanoat tovarlarining ulushi 10,9 % ga yetdi.
Sanoat mahsulotlari importi tarkibi:
- choʻyan va poʻlat – 25,0 mln dollar;
- toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar - 3,5 mln dollar;
- metallardan tayyorlangan buyumlar – 2,6 mln dollar;
- qogʻoz, karton va qogʻoz xamiri, qogʻoz yoki karton mahsulotlari – 2,3 mln dollar.