03/11/2025

Olot tumanida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayoniga tayyorgarlik ishlari yuqori sur’atda davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Markaziy bank raisi o‘rinbosari A.Olimov boshchiligidagi ishchi guruh tumanga tashrif buyurib, tadbir yuzasidan tashkil etilgan shtab faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif mobaynida mas’ullar tomonidan shtabdagi mavjud sharoitlar, aloqa va kommunikatsiya tizimlari holati o‘rganildi. Shuningdek, “Eski Olot” MFY da olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari o’rganilib, mahalla faollari va mas’ul xodimlar bilan muloqotlar o‘tkazildi, tajriba almashildi hamda mavjud jarayonlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech