05/11/2025

Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvar 28-fevral kunlari aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi. Bugun Jondor tumanida O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Yuridik byuro boshlig'i I.Jumayev tomonidan tuman shtabi faoliyati, tumanda ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari, mavjud sharoitlar hamda aloqador tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik darajasi o'rganildi . Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadlari, bu jarayonda barcha ishtirok etishi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tuman shtabi mas’ullari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha biriktirilgan idora va tashkilotlarning xodimlari bilan uchrashib, ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech