05/11/2025

Jondor tumanidagi “Zarafshon” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan yig‘ilishda Turizm qo'mitasi ma`sullari hamda hokim o’rinbosari Niyoz Axmatov va mahalla yettiligi ishtirokida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tuman miqyosida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.Shuningdek, aholining ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirokini ta’minlash, joylardagi mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda axborot-targ‘ibot ishlarini yanada jonlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech