22/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarorida ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-dekabr kuni Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi xodimlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida viloyat Statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyati, jarayonning tashkiliy bosqichlari, so'rovnomani to'ldirish ketma-ketligi, viloyat hududida farmon ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida so'z yuritildi. O'quv seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech